Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, toʻqnashuv 2025-yil 6-oktyabr kuni soat 15:31 da Qoʻngʻirot mintaqaviy temir yoʻl uzeliga qarashli Toʻrtkoʻl ‒ Ellikqalʼa stansiyalari oraligʻining 531 km 8-piketida joylashgan qoʻriqlanmaydigan temir yoʻl kesishmasida yuz bergan.

“Kamaz” rusumli yuk avtomashinasi temir yoʻl kesishma signal belgilariga qaramasdan harakatlangan va Qoʻngʻirot ‒ Andijon yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan 128-sonli yoʻlovchi poyezdi yoʻliga chiqqan.

Yuk avtomashinasi haydovchisi shifoxonaga joʻnatilgan. Yoʻlovchi poyezdida 216 ta yoʻlovchi boʻlib, ularning sogʻligiga zarar yetmagan. Teplovoz poyezdni olib ketolmasligi sababli OʻzTE16M2 rusumli 025 sonli teplovoz soat 16:15 da voqea joyidan joʻnatildi.

Surishtiruv ishlari davom etmoqda.