Tashrif doirasida Oʻzbekiston-Pokiston savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maxsus qoʻshma ishchi guruhining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Pokiston delegatsiyasi, shuningdek, “Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temir yoʻli loyihasini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston-Afgʻoniston-Pokiston uch tomonlama ishchi guruhi yigʻilishida ham ishtirok etadi.

Abdul Razzoq Dovud va delegatsiya aʼzolari Samarqand shahriga tashrif buyurib, Islom qadamjolarini ziyorat qiladi, qadimiy shaharning tarixiy va meʼmoriy obidalari bilan tanishadi.