So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Pokistonning Afg'oniston hududiga zarbalari natijasida “Tolibon”ning o'q-dorilar ombori va 30 dan ortiq harbiy texnikasi yo'q qilingan.

Zarbalar tunda poytaxt Kobuldan boshlangan, so'ngra Qandahor va Paktiya viloyatlari ham o'qqa tutilgan. “Tolibon” rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid Kobulga aviazarbalar berilganini tasdiqladi.

Pokiston chegaradagi janglarda 72 nafar afg'on harbiysi halok bo'lganini ma'lum qildi. O'z navbatida, Afg'oniston mudofaa vazirligi 55 nafar pokistonlik harbiy o'ldirilganini da'vo qilmoqda.