Pokiston: kuchli yog'ingarchilik tufayli suv toshqini yuz berdi, 27 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Pokistonda kuzatilayotgan kuchli yog'ingarchilik va ko'chkilar oqibatida kamida 27 kishi hayotdan ko'z yumdi, 38 kishi jarohat oldi.

    Bu haqda Xayber-Paxtunxva viloyati tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi Facebookdagi sahifasida xabar berdi.

    “So'nggi to'rt kun davomida viloyat bo'ylab yog'ingarchilik va ko'chkilar oqibatida sodir bo'lgan baxtsiz hodisalarda 27 kishi halok bo'ldi, 38 kishi jarohatlandi”, deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, tabiiy ofat oqibatlari tufayli 33 ta uy vayron bo'lgan, 129 ta uyga esa zarar yetgan.

    Tabiiy ofat yuz bergan hududlarda qutqaruv ishlari davom etmoqda, deb xabar beradi tass.ru.