Mazkur qaror Pokiston Milliy bankining (PMB) Xalqaro operatsiyalar biznes strategiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjondagi bank operatsiyalarini, shu jumladan, Toshkent shahridagi vakolatxonasini yopish toʻgʻrisidagi murojaatiga binoan qabul qilindi.

Eslatib oʻtamiz, Pokiston Milliy bankining Toshkent shahridagi vakolatxonasi Oʻzbekiston Respublikasi va Pokiston Respublikasi oʻrtasidagi bank hamda investitsiyalar sohasidagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan. U oʻz faoliyatini 1995-yil 29-noyabrdan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan akkreditatsiya sertifikatiga asosan yuritib kelayotgan edi.