Pokiston ommaviy axborot vositalari tomonidan Oʻzbekistonda pandemiya davrida aholi salomatligini saqlash choralari eʼtirof etildi

    OAV O‘zbеkiston haqida 23 Avgust 2020 1689

    Pokistonning «Diplomatic News Agency» va «Daily Islamabad Post» axborot agentliklari veb-saytlarida «Shavkat Mirziyoyev: Pandemiya Mustaqillik kunini nishonlashda ommaviy yig‘ilishlar va tantanalarni cheklashni talab qilmoqda» («Shavkat Mirziyoyev: Pandemic requires to restrict mass gathering and celebrations on Independence») sarlavhali maqalalar nashr etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

    Pokiston ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Prezidentining koronavirus pandemiyasi davrida respublika aholisining sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan va tibbiyot xodimlarining COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashdagi ulkan yutuqlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgan sa’y-harakatlarini yuqori baholaydilar.

    Nashrlarda davlatimiz rahbarining sog‘liqni saqlash sohalariga koronavirus bilan kurashish samaradorligini oshirish uchun xorijiy tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik qilish va tajriba almashish bo‘yicha topshirig‘iga e’tibor qaratiladi. «Yaqinda Rossiya, Germaniya va Xitoydan taklif qilingan shifokorlar asosan eng zamonaviy usullardan foydalangan holda og‘ir ahvoldagi bemorlarni davolash bilan shug‘ullanmoqdalar», - deyiladi Pokiston ommaviy axborot vositalarida.

    Materialda ommaviy yig‘ilishlar va tantanalarni o‘tkazishni cheklash bo‘yicha hukumat tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlarga ham diqqat qaratiladi.

    Shuningdek, mamlakat rahbariyatining har bir fuqaroga kundalik hayotda pandemiyada yashash va ishlashni o‘rganish, epidemiologik talablarga qat’iy rioya qilish zarurligi to‘g‘risidagi chaqirig‘i ijobiy qayd etildi.

    Maqolalarda, shuningdek, respublikada vaziyatni har kuni tahlil qilish va koronavirus tarqalishini cheklash, bemorlarni samarali davolash va muhtojlarga moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga yuqori baho beradi.