Pokistonda avtobus daryoga tushib ketdi, qurbonlar bor

    Pokiston shimolida 27 yo'lovchisi bo'lgan avtobus Hind daryosiga tushib ketishi oqibatida 14 kishi halok bo'ldi.

    Bu haqda Gilgit-Baltiston hukumati bayonotiga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.

    Qolgan yo'lovchilardan 12 nafari bedarak yo'qolgan, bir yo'lovchi esa jarohatlar bilan omon qolgan. Hokimiyatning dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, avtohalokat tezlikni oshirishi va haydovchining boshqaruvni yo'qotgani tufayli sodir bo'ldi, deb xabar beradi report.az.

    Mahalliy Geo telekompaniyasining xabar berishicha, avtobus Pokistonning Chakval tumaniga ketayotgan to'y kortejiga hamrohlik qilgan.