Bu haqda politsiya vakili ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, qurollangan shaxslar Duki hududidagi ko'mir konidagi turar-joy binolariga bostirib kirib, odamlarni o'rab olgan va ularga qarata o't ochgan. Halok bo'lganlarning uch nafari va yaralanganlarning to'rt nafari afg'onlardir.
Hujum uchun javobgarlikni hech qaysi guruh o'z zimmasiga olmadi.
Agentlikning eslatishicha, hujum Islomobodda bo'lib o'tadigan yirik xavfsizlik sammiti arafasida sodir bo'ldi, deb xabar beradi report.az.