Mast holatda bo‘lgan ofitser daraxt tomon harakatlanib kelayotganida o‘simlik undan uzoqlashib qochib ketayotganday ko‘ringan. Ofitser shu zahoti askarlariga, daraxtni zanjirband qilish va uni hibsga olishga buyruq bergan.
Hozirgi kunga kelib daraxt diqqatga sazovor yodgorlikka aylangan. Daraxtning oldiga “doska” o‘rnatilgan bo‘lib unda shunday deyiladi: “Men hibsdaman. Bir kuni kechqurun mast britaniyalik ofitser meni qochib ketyapti deb o‘yladi va meni hibsga olishni buyurdi. O‘shandan beri men hibsdaman”.
Zanjirband qilingan o‘simlik hali ham sayohatchilarning eʼtiborini tortmoqda. Mahalliy hukumat esa, uni asirlikdan ozod qilishga shoshilmayapti.