Muddatidan  oldin ovoz berishda  Karachi shahari va unga  tutash hududlarda istiqomat qilayotgan 17 nafar O'zbekiston fuqarolari o'z  tanlovini  amalga  oshirdi.

Ushbu shaharda tashkil etilgan ko'chma ovoz berish punktida fuqarolarimizga O'zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalarning mazmun-mohiyati, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi, davlatimiz raharining Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi, Oliy Majlis palatalarining mazkur masalaga oid majlislari to'g'risidagi axborotlar bilan tanishish uchun sharoit yaratildi.

O'z  ovozlarini  bergan yurtdoshlarimiz referendum yakunlari Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz  hayoti farovonligini ta'minlashga  xizmat qilishiga ishonch bildirishdi.

 «O'zbekiston rahbariyatining xorijda yashayotgan fuqarolarning huquqlarini ta'minlash borasida ko'rayotgan choralarini yuksak baholayman,-dedi vatandoshimiz Zinaida Kulina. - Referendumda o'z tanlovimni amalga oshirdim.  Shu o'rinda Karachi shahrida muddatidan oldin ovoz berish punkiti tashkil etilgani uchun mamlakatimiz rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman. Xalqimizning referendumdagi tanlovi Yangi O'zbekistonni barpo etishga hissa qo'shishiga ishonaman».

«Karachi shahrida yashayotgan O'zbekiston fuqarolarga referendumda ishtirok etish, o'z tanlovini amalga oshirish uchun  yaratilgan imkoniyat uchun mamlakatimiz rahbariyatiga rahmat aytamiz. Yangi O'zbekistonda hech bir fuqaro e'tibordan chetda emasligi, ularning konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlash davlatning bosh shiori ekanligi o'z isbotini topdi», dedi  Nana Shahansha.

Shu  o'rinda ta'kidlash kerakki, ovoz berishda yosh vatandoshlarimiz ham faol  qatnashdilar.  

«Bugun ilk bor saylov huquqimdan foydalandim. O'zbekistonimiz kelajagi uchun ovoz berayotganligimni, buning katta mas'uliyat ekanligini his qildim,- dedi Kamila Said. - Umid qilamanki, bugungi tanlovim davlatimizning yanada rivojlanishi, yoshlar ham bu jarayonda faol ishtirok etishi uchun haqiqiy zamin yaratadi.

Pokistondagi o'zbek yoshlari ham O'zbekistonni juda yaxshi ko'radi, uning ertangi kuni haqida o'ylaydi, qayg'uradi. O'zbekistondagi tengdoshlarimizning yutuqlaridan xursand bo'lamiz, yurtimiz kelajagini bunyod etishda ularga yangi kuch bo'lib qo'shilishni istaymiz».