Pokiston Sog'liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligidagi manbalarga ko'ra, halok bo'lganlarning barchasi tinch aholi vakillari, jarohatlanganlar orasida oddiy fuqarolar ham, politsiyachilar ham bor. Avvalroq sakkiz kishi halok bo'lgani va 290 kishi yaralangani haqida xabar berilgan edi.
Imron Xon 9 may kuni Islomobodda hibsga olingan, shundan so'ng uning tarafdorlari butun mamlakat bo'ylab norozilik namoyishlarini boshlagan. Siyosatchi korrupsiya hamda u va uning xotiniga tegishli bo'lgan jamg'armaning pullarini sarflab yuborilganlikda ayblanmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.