Mazkur tadbirda Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda Polsha davlatiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasida samarali hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish yuzasidan kelishib olindi.

Tadbir yakunida Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda Polsha davlatiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilish boʻyicha shartnoma imzolandi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.