U o'z kompaniyasi "O'zbekkosmos" – Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan amaliy hamkorlikni yo'lga qo'yishdan manfaatdor ekanini ma'lum qildi.

“Creotech Instruments SA» - Pol`shaning etakchi sun'iy yo'ldosh tizimlari va komponentlari ishlab chiqaruvchisi, kvant kompyuterlarini boshqarish tizimlari uchun ilg'or elektronika etkazib beruvchisi, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish tizimlari uchun qurilmalar va dasturiy ta'minot etkazib beruvchisi hisoblanadi.

Suhbatdosh kompaniyaning Pol`shadagi va umuman Evropadagi faoliyati haqidagi atroflicha ma'lumotlarni o'rtoqlashdi. 2022- yilda kompaniya Evropa kosmik agentligi tomonidan "Yuqori tezlikda kvant kalitlarini tarqatish detektori" texnologiyalarining etkazib beruvchisi sifatida tanlangan. «Creotech Instruments SA», shuningdek, ilmiy asboblarni ham etkazib beruvchi sanaladi.

Yashek Koz`ek maxsus funktsiyali mikrosatellitlar, texnologiyalar hamda O'zbekistonning kosmik sohadagi salohiyatini oshirish uchun sun'iy yo'ldoshlar yoki uchuvchisiz uchish apparatlari va tegishli texnologiyalar ma'lumotlarini tahlil qilish bo'yicha zarur o'quvlarni tashkil etish yuzasidan hamkorlikka tayyorligini aytdi.

Joriy yil mart oyida «Creotech Instruments SA», “O'zbekkosmos” agentligi va O'zbekiston Fanlar akademiyasining Ulug'bek nomidagi Astronomiya instituti mutaxassislari ishtirokida onlayn konferentsiya o'tkaziladi.