Maʼlumki, futbol boʻyicha JCH-2022 doirasida Polsha termasi yarim finalda Rossiya bilan bahs yuritishi kerak edi. Ammo FIFA ruslarni xalqaro musobaqalardan chetlatdi. Shu bois polyaklar saralash finaliga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻl oldi.

Polshaliklarning finaldagi raqibi shu yilning 24-mart kuni Shvetsiya va Chexiya oʻrtasidagi bahsda maʼlum boʻladi.

FIFA qaroriga binoan Ukrainaning Shotlandiya bilan oʻyini iyun oyiga qoldirildi. Ushbu uchrashuv gʻolibi Uels va Avstriya bahsida gʻolib chiqqan jamoa bilan uchrashadi. Uels va Avstriya oʻyini 24-mart kuni boʻlib oʻtadi.