“Bir yillik dahshatli urushdan so'ng biz bilamizki, Ukraina Rossiyaga qarshi turib, Yevropani himoya qilmoqda va qit'ani Sharqning tajovuzkorligidan himoya qiluvchi asosiy bo'g'indir”, — deyiladi hujjatda.
Qayd etilishicha, Ukraina “qit'adagi favqulodda jangovar tajribaga ega bo'lgan eng kuchli armiya”ga ega.
Blokning Vilnyusda sammiti bo'lib o'tadi. Mazkur sammit ham Kievning alyansga to'laqonli a'zolikka tayyorlanishida muhim bosqichga aylanishi mumkin.
Polsha Senati Ukrainaning NATOga qo'shilishi Finlyandiya va Shvetsiya misolida bo'lgani kabi siyosiy qaror bo'lishi kerak, deb hisoblaydi va mamlakatga nisbatan “shunga o'xshash favqulodda tartib” qo'llashga chaqiradi.
NATOning navbatdagi sammiti 11-12 iyulda Litva poytaxtida bo'lib o'tadi, deb xabar beradi korrespondent.net.