Polshada NATO qo'shinlari joylashtiriladi

    Polsha Prezidenti Karol Navrotskiy NATO qo'shinlarining respublikada bo'lishiga rozilik beruvchi hujjatni imzoladi. Bu haqda Polsha milliy xavfsizlik byurosi matbuot xizmati xabar berdi.

    NATO kontingenti “Sharqiy gvardiya” operatsiyasi chog'ida qo'shimcha kuch sifatida respublikada bo'ladi. Polsha armiyasi bosh shtabi operatsiya boshlangani haqida 13-sentabr kuni ma'lum qildi. Maqsad NATOning sharqiy qanotdagi pozitsiyalarini mustahkamlash. Operatsiyada samolyotlar, vertolyotlar va er usti texnikasi, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushirildi.

    NATO Bosh kotibi Mark Ryutte operatsiyaga 10-sentabr kuni Pol`shada uchuvchisiz uchoq bilan sodir bo'lgan voqeani sabab bo'lganini ma'lum qildi. O'shanda Polsha rasmiylari respublika havo hududini kamida 19 ta uchuvchisiz uchish apparati buzib kirgani haqida xabar bergan, ulardan bir nechtasi urib tushirilgan, deb xabar berdi kommersant.ru.