Mazkur koʻrgazmada mamlakatimizning Polshadagi elchixona koʻmagida “Oʻztoʻqimachiliksanoati” uyushmasi  va 25 ta toʻqimachilik korxonalarining 50 ga yaqin vakillaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasining ishtiroki taʼminlandi. Koʻrgazmada “Made in Uzbekistan” yorligʻi ostida 400 kvadrat metr maydonda Oʻzbekiston milliy stendi tashkil etildi.

Bu yilgi tadbirda, shuningdek, 45 mamlakatdan 600 dan ortiq kompaniya vakillari qatnashmoqda. Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston toʻqimachilik korxonalari va Polsha import qiluvchi kompaniyalari tomonidan ushbu koʻrgazmaga qiziqish  yildan-yilga ortib borayapti.

Shuningdek, Polshada oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlariga talab tez surʼatlarda oshib borayotir. Bugungi kunda Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksport qilinayotgan oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlarining qariyb yarmi Polsha hissasiga toʻgʻri keladi.

Jumladan, 2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekistondan Polshaga 60 million AQSH dollari miqdorida tayyor toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilindi. Soʻnggi 5 yilda esa bu koʻrsatgich 342 million dollarga teng boʻldi. Mamlakatimizdan Polshaga asosan ip-kalava, turli matolar, choyshab va boshqa tayyor mahsulotlar eksport qilinmoqda.

“Fast Textile 2023” koʻrgazmasi 23-noyabr kuniga qadar davom etadi.