Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahar M.Ulugʻbek tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan 34 yoshli M.K. sodir etganligi aniqlandi.
Unga koʻra, M.K., I.M. bilan “Telegram” messenjerining “Aviasales” kanalida tanishib, unga "Toshkent-Varshava" boʻyicha onlayn bilet olib berishini aytib, uning ishonchiga kirish orqali, jami 11.070.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini oʻzining bank kartasiga oʻtkazib olgan va yozishmalarni oʻchirib yuborib, uni qora roʻyxatga kiritib qoʻygani maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, M.K.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandlaridagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.