Joriy yilning 25-avgust kuni Lyublyansk texnologiya unversitetining bir gurux mutaxassislari - professor Mark Milash, Eljbeta Milash, professor Eji Montusevich, Kristof Dedish, Martin Barshlar Chirchiq shahar tarixi muzeyiga tashrif buyurdilar. Polyak mutaxassislar muzeyning noyob qadimiy ashyolarini muzey xodimlari bilan birgalikda “3 D” formatda suratga olishdi. Demak, ushbu harakatlar natijasida kelgusida Chirchiq shahar tarixi muzeyi mamlakatimizda turizmni yanada rivojlanishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Olimlar quyidagi qadimgi ashyolarni “3 D” formatda skaner qilib, uning 360“3D” tasvirini yaratdilar:

“Suv uchun flyaga”

III – IV asrlar.

Loydan yasalgan. Ogʻzi yon tomondan. Jigarrang angob bilan koplangan.

 

 

«Zoomorf tutqichli sopol kosacha»


III – VII asrlar.

Loydan yasalgan Hayvon shaklidagi tutqichi bor. Kulrang – qoʻngʻir rangli.

 

 

“Simobkoʻzacha”

X – XI Iasrlar. Loydan yasalgan. Sirtiga boʻrtib turuvchi oʻsimlik shakli solingan.

 

 

“Yapaloq burunli koʻzacha”

IV – VII asrlar. Loydan yasalgan. Olxoʻri shaklli yapaloq burunchasi va tutqichi bor. Kulrang – qoʻngʻir rangli.

Oʻzbekiston xalqining boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi noyob va nodir madaniy merosini asrab-avaylashni kuchaytirish, sohani raqamlashtirish, innovatsion rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jahonning ilgʻor tajribalarini samarali qoʻllash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tugʻrisida”gi PF-6199-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Chirchiq shahar tarixi muzeyida yuqoridagi hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

Xursandbek Tuychiboyev,

Chirchiq shahri tarixi muzeyi bosh muhofizi