U 10 ming dollarni olgan paytida DXX va IJQK Departamenti hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushlangan. Maʼlum boʻlishicha, ushbu shaxs avval ham firibgarlik bilan bogʻliq jinoyatlar uchun sudlangan.
Taʼkidlash lozimki, mazkur mutaxassis firibgarlik bilan bogʻliq jinoyati uchun muqaddam bir necha marotaba sudlangan.
Namangan viloyatida oʻtkazilgan yana bir tezkor tadbirda, mol-mulklarni baholash faoliyati bilan shugʻullanuvchi MCHJ rahbari soliq organlaridagi mansabdor tanishlari orqali tadbirkorga tegishli boʻlgan MCHJning 783 mln soʻmlik soliq qarzdorligini 141 mln soʻmgacha kamaytirib berish evaziga 4400 AQSH dollari olgan vaqtida jinoyat ustida qoʻlga olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mansabdor tanishi hisoblangan Namangan viloyati soliq boshqarmasi shoʻba boshligʻi ham 4400 AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ushlandi.
Poytaxtda qayd etilgan holatda, Mirobod tuman hokimligi Ijtimoiy moslashtirish markazi rahbari oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroligi boʻlmagan shaxsga fuqarolik pasportini rasmiylashtirish hamda doimiy roʻyxatga qoʻydirib berish evaziga 1200 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan qonunbuzilish holatida, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar boʻlimi davlat ijrochisi oʻz ish yurituvida boʻlgan, javobgar fuqaroning qariyb 70 mln soʻmlik qarzdorligini undirish uchun uning avtotransport vositasiga qoʻyilgan taqiqni yechib berish evaziga 1000 AQSH dollari talab qiladi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbir natijada, davlat ijrochisi talab qilingan pul mablagʻini Qarshi tumanidagi fermer xoʻjalik rahbari vositachiligida pora sifatida olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Islohotlar yoʻlidagi eng katta toʻsiq va gʻov – bu korrupsiyadir. Huquq-tartibot idoralari tomonidan korrupsion holatlarga qarshi kurashish, oldini olish chora-tadbirlari davom ettiriladi.