Birgina poytaxt bozorlarida tashkil etilgan klaster savdo nuqtalariga kuniga oʻrta hisobda 12 100 kilogrammgacha baliqlar yetkazib berilyapti.
Ovlangan baliqlarning maʼlum qismi viloyatlardagi ulgurji xaridorlarga hamda umumiy ovqatlanish shoxobchalariga yetkazib berilmoqda.
Korxona baliq tashishga ixtisoslashtirilgan zamonaviy transport vositalari bilan taʼminlangani tufayli xaridorlarga baliq tirik holida taqdim qilinyapti. Baliq ovlash mavsumi 2021-yil fevral oyigacha davom etadi.