Ular odatda fuqarolarni yo‘l harakatidagi vaziyat, tezlik chegaralari va boshqalar haqida xabardor qilish uchun yo‘lning yuqori qismiga joylashtiriladi.
Shahar maʼmuriyati tablodan foydalanishni 2019 yilning bahoridayoq boshlagan edi. O‘shanda ekranlarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida ogohlantirishlar berilgan, 2020 yilgi karantin paytida eslatmalar qo‘shilgan edi. Shaharda jami sakkizta ekran bor edi. To‘g‘ri foydalanilmagani sababli, maʼlum vaqt o‘tgach, tablolar ishlashdan to‘xtadi va yo‘llar ustida qora to‘rtburchaklar kabi osilib qoldi.
2023 yil kuzida Raqamli rivojlanish departamenti maʼlumot tablolarini qayta tiklash tashabbusi bilan chiqdi.
Yangilangan tablolarda 14 turdagi maʼlumotlarni aks ettirish rejalashtirilgan. Masalan, biror kommunal muammo yoki yo‘llarda to‘siqlar paydo bo‘lsa murojaat qilish kerak bo‘lgan dispetcherlik xizmatlarining kontaktlari; shahardagi havo sifati haqidagi statistik maʼlumotlar, ob-havo maʼlumotlari, tez yordam mashinalarini o‘tkazib yuborish zarurati haqidagi eslatmalar va boshqalar.
Taʼmirlash ishlari tugallangach, sakkizta tabloning barchasi o‘z joyiga qaytadi: ikkita ekran — “Minor” metro bekati yaqinidagi chorrahaga, ikkitasi — Mustaqillik shohko‘chasi va Oqqo‘rg‘on ko‘chasi chorrahasiga, bittasi — Shahrisabz ko‘chasi va Amir Temur shohko‘chasi kesishgan chorrahaga, ikkitasi esa “Toshkent” aeroportiga