Kinoteatr “Kino olami” MCHJga qarashli “Compass” savdo-koʻngilochar markazida joylashgan boʻlib, 6 ta zaldan iborat.
Kinoteatr xalqaro standartlarga javob beruvchi ovoz yetkazish uskunalari, Christie modelidagi proyektorlar, “Harkness Screens” kompaniyasiga tegishli dunyoning eng ilgʻor kinoekranlari hamda Xitoyda ishlab chiqarilgan qulay va oʻziga xos uslubdagi kreslolar bilan jihozlangan.
“Cinema compass” kinoteatrida yana, tashrif buyuruvchilar uchun maxsus kutish zallari, 70 oʻrinli kinobar, taqdimotlar hamda jonli ijroda kichik konsertlar oʻtkazish uchun alohida joy ajratilgan. Bundan tashqari, kinoteatrda yuvinish xonasi, kiyim saqlash uchun maxsus xona ham mavjud. Kinoteatr old qismida avtoturargohning tashkil etilgani esa tashrif buyuruvchilarga yana-da qulaylik yaratadi.
Takrorlanmas dizaynga ega “Cinema compass” kinoteatri repertuaridan bolalar va kattalar uchun turli janrdagi milliy va xorij filmlari, multfilmlar oʻrin olgan. Kinoteatrda yaratilgan sharoit kattayu kichik tomoshabinda iliq taassurot qoldirishi tabiiy. Zero, zavqli tomosha uchun fayzli kinoteatr boʻlgani maʼqul!









