"Premier Hall" kinoteatrining ta'mirlash ishlari paytida binoning yuzasida eski panno topilgani haqida ma'lum qilingan edi. SHundan so'ng, Kinematografiya agentligi ekspertlar bilan topilmani o'rganadi. Natijada Al`fred Mazitov qalamiga mansub ushbu "Kokilli qiz" mozaikasini saqlab qolishga qaror qilinadi.
Hozirda freska bilan bog'liq ta'mirlash ishlari yakuniy bosqichda.
eslatib o'tamiz, "Premier Hall" kinoteatri joriy yil bo'lib o'tadigan "Ipak yo'li durdonasi" Toshkent Xalqaro kinofestivalining lokatsiyalaridan biri bo'lishi ko'zda tutilgan.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati