Yakkasaroy tumfnidagi kichik avtomobil halqa yoʻlida joylashga quduq ichida(“Sazanchik” kafesi qarshisida) toʻplangan zaharlangan gazdan ikki ishchi nafasi boʻgʻilib halok boʻlganlar. Ulardan biri 31, ikkinchisi esa 32 yoshda edi.

Ularni qutqarishga uringan 42 yoshli erkak kishi zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Sodir boʻlgan voqea haqida 103 ga oʻtkinchi shaxslar xabar berganlar.

Voqea sabablariga aniqlik kiritilyapti.