Bugun, 19-iyun kuni poytaxtning ayrim manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchirildi.

Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha:

  • Bektemir tumani: “Iyik ota ” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 18:00 gacha;
  • Yakkasaroy tumani: “Rakatboshi” MFYning ayrim hududlarida bugun soat 10:00 dan 15:00 gacha elektr boʻlmaydi.

Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababliy yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻradi.