Poytaxtda 1-bosqich talabalari 520 gramm “oʻlim dorisi” bilan qoʻlga olindi

    Toshkent shahrida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tadbirlari doirasida oliy taʼlim muassasasining 1-bosqich talabalari tomonidan amalga oshirilgan narkotik modda tashish faoliyati aniqlanib, bartaraf etildi.

    4-dekabr kuni tarqalgan videolavha asosida oʻtkazilgan tekshiruvlar chogʻida Yashnobod tumanida ikki nafar talaba qoʻlga olingan. Tekshiruv davomida ularning yondan 120 gramm “Alfa PVP” sintetik moddasi topilgan, 2007-yilda tugʻilgan talaba yashaydigan yotoqxonadan esa qoʻshimcha 400 gramm modda aniqlangan.

    Maʼlumotlarga koʻra, talabalar moddani tanishlari tashlab ketgan joylardan olib, yotoqxonada dozalariga ajratib yetkazib berib kelgan. Jami 520 gramm, 2600 dozaga teng giyohvand moddaning noqonuniy muomalasiga chek qoʻyildi.