2023-yil 12-yanvar kuni soat 20:40 larda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi shahar koʻchasida noqulay ob-havo sharoiti va yetarlicha oraliq masofani saqlamaslik oqibatida 16 ta yengil avtomobillar hamda 1 ta “Isuzu” rusumli yuk avtomobili, jami 17 ta transport vositalari ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan.
YTH natijasida ikki nafar fuqaro tan jarohati olgan boʻlib, ular hozirda shifokorlar nazoratida. Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Barcha haydovchilardan ayni kunlardagi noqulay, anomal sovuq ob-havo sharoitida oʻta ehtiyotkorlik bilan, oraliq masofani saqlab, tezlikni meʼyoridan oshirmasdan harakatlanishlarini soʻraymiz, deyiladi xabarda.