Yoʻnalishga koʻra, elektrobuslar Chilonzor metro bekatidan bozorga qadar qatnaydi. Shu bilan birga, elektrobus Shuhrat koʻchasi, Toshkent avtovokzali va Algoritm massivida ham toʻxtaydi.

Taʼkidlanishicha, elektrobus Xitoydan olib kelingan. Ushbu transport vositasi konditsioner va nogironlar uchun qulayliklar bilan jihozlangan. Hozirda bozor maʼmuriyati yana bir nechta shunday elektrobuslarni xarid qilishni rejalashtirmoqda.