Jismoniy shaxslar 2022-yil 1-yanvardan ko‘chmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini “E-ijara” xizmati orqali soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Xabar berilishicha, 2022-yil 1-oktabr holatiga soliq organlarida 96 mingdan ortiq turar joy ijara shartnomasi ro‘yxatga olingan.
Mavjud maʼlumotlar tahliliga ko‘ra, Toshkent shahrida uy-joy ijarasi o‘rtacha oylik 1 million so‘mdan ko‘proqni tashkil qiladi.
Hududlarda ijara haqining o‘rtacha miqdori 630 ming so‘mdan 977 ming so‘mgacha.
Respublikada ijaraga berilgan turar-joy obʼektlari:
- 2 mln so‘mdan 5 mln so‘mgacha – 3 240 ta;
- 5 mln so‘mdan ortiq – 255 ta.
Soliq solish maqsadida 2022-yilda ko‘chmas mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun 1 kv. metr yashash maydoni:
- Toshkent shahrida – 15 500 so‘m;
- Nukus va viloyat markazlarida – 9 500 so‘m;
- boshqa aholi punktlarida – 4 000 so‘m etib belgilangan.
Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar mulkiy daromadlar tarkibiga kiradi va 12% stavkada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi.
Turar-joylarni talabalarga ijaraga bergan fuqarolar ushbu daromadi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lamaydi.