Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Chilonzor tumanida joylashgan “Dream Park” koʻngilochar bogʻi hududida patrullik qilish chogʻida chekayotgan erkakni payqab qolganlar. Harbiy xizmatchilarning chekish uchun moʻljallanmagan jamoat joylarida chekishni taqiqlash haqidagi ogohlantirishlariga erkak hech qanday munosabat bildirmagan.
Shu bilan birga, tutun hidi oʻziga xos boʻlgan. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari xolislar ishtirokida tintuv oʻtkazish chogʻida erkakdan kichik qogʻoz oʻramini topib, uning ichida oʻziga xos hidga ega yashil rangli kukunli modda borligini aniqlashgan. Erkak qoʻlga olingan va eng yaqin ichki ishlar boʻlimiga olib kelinib, shaxsi aniqlanganda 39 yoshli Ya.A. ekanligi maʼlum boʻlgan. Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.