15-yanvar kuni soat 02:51 da Toshkent shahar Yunusobod tumani, Osiyo koʻchasida joylashgan vaqtinchalik ovqatlanish joylarining birida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipajilari voqea joyiga soat 02:55 da yetib borib, yongʻin soat 03:04 da oʻrab olingan va soat 03:09 da yongʻin oʻchirilgan.

Sodir boʻlgan yongʻin oqibatida ovqatlanish joyi taxminan 150 kv.m. maydonda yonib zararlangan. Hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.