Ochilish marosimi oldidan Qurilish vazirligi Taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtish boshqarmasi boshligʻi A.Qoʻldashev, Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boʻlimi boshligʻi Sh. Radjabov va “Texnonikol” kompaniyasining Qurilish Akademiyasi rahbari E.Davletshin ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Mazkur uchrashuvda oʻquv markazini ochish uchun tayyorgarlik jarayonlari va hamkorlik aloqalarini yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.