Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan.
Tadbirda TDTga aʼzo mamlakatlar (Turkiya, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston) qishloq xoʻjaligi vazirlari, kuzatuvchi davlatlarning (Vengriya va Turkmaniston) rasmiy vakillari, shuningdek, tegishli idoralar mutasaddilari, sohaga oid tashkilotlar va yetakchi kompaniyalar, xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etmqoda. Tadbir doirasida TDTga aʼzo davlatlar ishtirokida B2B uchrashuvlari oʻtkaziladi.
Uchrashuvning maqsadlari:
– qishloq xoʻjaligi sohasida mavjud koʻp tomonlama hamkorlikni baholash va TDT aʼzolari hamda kuzatuvchilar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning salohiyatli yoʻnalishlari boʻyicha fikr almashish;
– texnik hamkorlik, salohiyatni oshirish va texnologiyalarni yetkazish hamda qishloq xoʻjaligi mahsuldorligini oshirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash boʻyicha mintaqaviy saʼy-harakatlarda sinergiyani kuchaytirish boʻyicha harakatlarni muvofiqlashtirish;
– aʼzo davlatlar va kuzatuvchilar oʻrtasida texnologiyalarni yetkazish hamda tajriba, ilgʻor amaliyotlar va tegishli bilimlar almashinuviga koʻmaklashish;
– oʻsimlik mahsulotlari va dorivor oʻsimliklar ishlab chiqarish sohasida hamkorlik imkoniyatlarini oʻrganish;
– aʼzo davlatlar va kuzatuvchilar oʻrtasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari savdosining bir-birini toʻldirishini va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining mintaqalararo savdosini oshirish imkoniyatlarini baholash.