Insonlar eʼtiborini ilk yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berish muammolariga qaratish maqsadida tashkil etilgan keng koʻlamli tadbir dunyoning oʻnlab fotograflarini birlashtirdi.
— Konferensiyaning tantanali boshlanishi arafasida fotokoʻrgazmaning ochilgani bejiz emas, — dedi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Kichik yoshdagi bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va taʼlim berish boʻyicha Butunjahon konferensiyasi doirasidagi elchisi Lola Yuldasheva. — Biz unda maksimal darajada his-tuygʻularni, chuqur maʼno va taʼlimni erta boshlash kerakligi haqidagi asosiy xabarni mujassam etdik. Bu yerda qushlarning ramziy sayrashi, ulkan hayot daraxti ostida, biz har bir ishtirokchidan bolalik onlariga qaytishni soʻradik, aynan oʻsha yerdan ildizlar, birinchi qadamlar boshlanadi.
Humo Arenada namoyish etilayotgan mazkur ekspozitsiya 11:00 dan 17:00 gacha ishlaydi, kirish bepul.
Eslatib oʻtamiz, xuddi shunday fotokoʻrgazma Parijdagi tur doirasida ham boʻlib oʻtadi va unda Oʻzbekistonlik fotosuratchilar ishtirok etishadi.
— Bolalarni suratga olish bir vaqtning oʻzida qiyin va juda qiziq. Ishimni fototanlovga yuborish uchun viloyatlarga chiqdim. Eng esda qolarli surat Buxoroda olingan. Aynan shu surat tanlovdan oʻtib, #wearethechildren kolleksiyaga tushdi. Bunday global ijodiy tadbirda Oʻzbekiston nomidan qatnashish men uchun sharafdir, — dedi taniqli fotograf, koʻrgazma asarlaridan birining muallifi Muhiddin Alimbayev.