Bugun,10-mart kuni poytaxtimizdagi Chingiz Aytmatov yodgorligi oldida adabiy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda taniqli ijodkor va sanʼatkorlar, professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar, ijodiy tashkilotlar vakillari, Toshkent shahridagi qirgʻiz milliy madaniy markazi vakillari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos Zuhriddin Isomiddinov, shoir Gʻayrat Majid adib ijodining Oʻzbekistonda oʻrganilishi, asarlarining nashr etilishi haqida soʻz yuritdi.
Oʻzbekiston xalq artisti Aziza Begmatova, isteʼdodli aktyorlar Malika Rahimova va Sirojiddin Sattorov Oʻzbekiston davlat drama teatrida sahnalashtirilgan “Jamila” spektaklidan parchani mahorat bilan ijro etishdi.
Tadbir ishtirokchilari, jumladan, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Chingiz Aytmatov yodgorligi poyiga gullar qoʻyildi.