Poytaxtning ayrim tumanlari qisman gaz ta'minotidan uziladi

    Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida gaz ta'minoti tizimida ta'mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ushbu tumanlarning ba'zi mahalla va ko'chalarda gaz ta'minoti to'xtatiladi.

    Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtimizning Sergeli, Yakkasaroy, Mirobod, Yashnobod, Yangihayot va Bektemir tumanlari gaz ta'minoti tizimida ta'mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ushbu tumanlarning ba'zi mahalla va ko'chalarda gaz ta'minoti to'xtatiladi.

    Yakkasaroy tumanida 11-sentyabr kuni 10:00 dan 18:00 gacha:
    — «A. Qahhor» mahallasi;
    — «Damariq» mahallasi;
    — «Bobur» mahallasi;
    — «X. Sulayman» mahallasidagi xususiy va ulgurji iste'molchilar;

    Sergeli tumanida 11-sentyabr kuni 11:00 dan 17:00 gacha:
    — «Eshonbuloq» mahallasining Xonobod, Muqanna ko'chalari;
    — «Sadoqat» mahallasining Tabarruk, Tavallo ko'chalari;
    — «Xonobod» mahallasining Kichiksoy, Beruniy ko'chalari;
    — «Yuqori Darxon» mahallasining Navro'z, Chorbog' ko'chalari;
    — Ulgurji iste'molchilar - 46 ta

    Bektemir tumanida 11-sentyabr kuni 11:00 dan 17:00 gacha:
    — «Nurafshon» mahallasi
    — Ulgurji iste'molchilar - 6 ta

    Yangihayot tumanida 11-sentyabr kuni 11:00 dan 17:00 gacha:
    — «Fayzli» mahallasidagi Daryo bo'yi 4-tor, Qipchoq ko'chalari;
    — «Yangi Darxon» mahallasi;
    — Ulgurji iste'molchilar — 5 ta.

    Mirobod tumanida 12-sentyabr kuni 10:00 dan 18:00 gacha:
    — «Yangi Mirobod» mahallasi;
    — «Baynalminal» mahallalari;
    — Ulgurji iste'molchilar 34 ta

    O'z o'rnida “Hududgaz Poytaxt” GTF noqulayliklar uchun uzr so'raydi.