Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulugʻbek va Sergeli tumanlariga 3-oktyabr kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha (soat 10:00 dan 18:00 ga qadar) toʻxtatiladi.
Mirzo Ulugʻbek tumani:
- Aholi isteʼmolchilari soni: Yangi Olmachi MFY Olmachi koʻchasida — 289 ta yerli xonadon
- Koʻp qavatli uylar 4 ta — 300 ta xonadon
- Ulgurji isteʼmolchilar — 4 ta
Sergeli tumani:
- Sofdil MFY Sergeli 4 koʻchasida — 104 ta yerli xonadon
- Sergeli 6a mavzesida 23 ta koʻp qavatli uylarda 2514 ta xonadon
- Ulgurji isteʼmolchilar — 8 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻradi.