Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, shu kunlari Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqining 150-yubiley assambleyasi tadbirlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shu vaqt ichida poytaxtning markaziy koʻchalarida yuk transport vositalarining harakati toʻliq cheklanishi sababli, qurilish obyektlarida ogʻir va yengil vaznli barcha toifadagi yuk tashuvchi transport haydovchilari faqat Toshkent halqa avtomobil yoʻlidan harakatlanishlari mumkinligini maʼlum qilindi.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraldi va haydovchilarga oʻz yoʻllarini oldindan rejalashtirishlarini tavsiya qilindi.