Poytaxtning uchta tumani vaqtincha gazdan uziladi

    Shu munosabat bilan ushbu tumanlarning ba'zi mahalla va ko'chalarida 26 oktyabr kuni gaz ta'minoti to'xtatildi.

    Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtning Yakkasaroy, Yashnobod, Olmazor tumanlari gaz ta'minoti tizimida ta'mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan bugun ushbu tumanlarning ba'zi mahalla va ko'chalarida gaz ta'minoti to'xtatildi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi. Unga ko'ra:

    Yakkasaroy tumanida 10:00 dan 17:00 gacha:

    — Afrosiyob ko'chasida joylashgan ko'p qavatli uylar;

    — Ulgurji iste'molchilar — 5 ta.

    Yashnobod tumanida 10:00 dan 17:00 gacha:

    — Jo'rabek, Olot, Baku, Obod Makon, Uz-Bum ko'chalarida joylashgan xususiy va ulgurji iste'molchilar.

    Olmazor tumanida 11:00 dan 15:00 gacha:

    Sog'bon ko'chasida joylashgan ko'p qavatli uy;

    — Ulgurji iste'molchilar — 5 ta.