Dina Xashem 30 dan ortiq Oʻzbekiston kompaniyasining boʻlajak koʻrgazmada ishtirok etishga boʻlgan qiziqishini maʼqulladi va Oʻzbekistonda mahalliy eksportchilarni xalqaro bozorlarga chiqishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.
Oʻzbekiston ishbilarmon doiralarining shubhasiz, Yevropa, arab dunyosi va Afrikadagi hamkorlar bilan muhim muzokaralar olib borishi, oʻzaro manfaatli shartnomalar imzolashi alohida taʼkidlandi.
“Pyramids International Group” Oʻzbekiston delegatsiyasining Misrga yuqori darajadagi tashrifini tashkil etishda koʻmaklashishga tayyorligini maʼlum qildi va Oʻzbekiston tomonining takliflarini muhokama qilish va amalga oshirishga, jumladan boʻlajak koʻrgazmada modalar koʻrgazmasi, biznes-forum va B2B uchrashuvlarini oʻtkazishga tayyorligini bildirdi.