SHuningdek, umid qilamizki, ushbu muhim qarorlar qo'shni Afg'onistonda siyosiy muzokaralarga hamda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikka yo'l ochadi. O'z navbatida, O'zbekiston Afg'oniston xalqi bilan do'stlik va yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini mustahkamlashda, afg'onlararo siyosiy jarayonni har tomonlama qo'llab-quvvatlashda hamda tinch va farovon Afg'onistonni barpo etish uchun har jihatdan yordam berishda davom etadi.

O'zbekiston Respublikasi

Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 18-may