Davlat rahbariga sessiya davomida Koson tumani faollari tomonidan Abdulla Oripov nomi bilan bogʻliq tanlov uyushtirish taklifi bildirildi. Shavkat Mirziyoyev bu taklif oʻziga maʼqul kelganini, shuningdek, bu tanlovni avval Qashqadaryoda, keyin butun respublika boʻyicha namuna qilishni taʼkidladi.

“Shu bilan birga, alohida topshirigʻim ham bor. Kinochilarimiz Abdulla Oripov hayoti va ijodiga oid alohida bir film ishlasin. Abdulla Oripov haqida kino ishlasak arziydi, albatta! Men u insonni yaxshi tanirdim, koʻp hamsuhbat boʻlganman. Bitta sheʼr yozish uchun oʻnta kitob oʻqirdilar”, — deydi prezident.

Davlat rahbari Abdulla Oripovning “Kolumbda bor alamim manim, Oʻzbekiston vatanim manim!” degan satrini eslab oʻtdi.

“Film samimiy boʻlsin. Abdulla akaning Toshkentga borgani, qiyinchiliklar koʻrgani, shunga qaramay ijodidan chekinmagani koʻrsatib berilishi kerak”, — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga bir yilgacha muddatda shu filmni ishlab, taqdim qilish zarurligini aytdi.