Prezident eʼtirof etgan mahalla raisi Namangan shahar hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi

    Mamlakatimizda 17 Fevral 2022 2130

    Muzaffar Ahmadjonov Baxtiyor oʻgʻli Namangan shahar hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. Lavozimiga koʻra, shahar investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi ham hisoblanadi.

    Muzaffar Ahmadjonov 1993-yilda Namangan shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. U mehnat faoliyatini 2016-yilda Namangan shahar hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direksiyasi” bosh mutaxassisligidan boshlagan.

    Muzaffar Ahmadjonov tayinlovga qadar Namangan shahrining “Dashtbogʻ” mahalla fuqarolar yigʻini raisi sifatida namunali ishlab kelayotgan edi. Bu mahallaga Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yilda tashrif buyurgan, eʼtirof etgan va respublikadagi eng yosh mahalla raisini “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlagan edi.