Mazkur vebinar doirasida Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'qituvchilari joriy yilning 18-yanvaridan 20-yanvariga qadar biologiya, kimyo va fizika fanlaridan xorijlik hamkasblari o'tadigan darslarda ishtirok etadi.

Jumladan, Oxford University Pressning biologiya, kimyo va fizika fanlariga oid yangi o'quv dasturlaridan qanday qilib maksimal natija olish mumkinligi haqida ma'lumot oladi.

— Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi xorijiy hamkorlar bilan maktab o'qituvchilarining malaka oshirishlari uchun seminarlar tashkil etish ustida muntazam ish olib bormoqda. Bunday mashg'ulotlarda maktab pedagoglari o'quvchilarga fanni qiziqarli etkazib berish borasida kerakli bilim va ko'nikmaga ega bo'ladi. Bilimli mutaxassislar kelajakda tarmoqlar va mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishiga hissa qo'shishda muhim o'rin egallaydi. Shuningdek, yoshlarimizning muvaffaqiyatga erishishida poydevor qo'yadi, — deb ta'kidladi PIIMA direktori o'rinbosari Amirulla Abdullaev.