Agentlik maʼlumotiga koʻra, 2021-yilda faoliyat boshlagan 10 ta yangi Prezident maktablari ham mazkur tashkilot aʼzoligiga oʻtish jarayonida. Ushbu Kengashga aʼzo boʻlish taʼlim muassasasining xalqaro darajada tan olinganligini bildiradi. Tashkilotga aʼzo maktablar, oʻz navbatida, bitiruvchilarining chet el top-universitetlari grantlarini yutib olish imkoniyatini oshiradi.

Eʼtiborli jihati, Xalqaro maktablar kengashi aʼzoligiga qabul qilinish maqsadida maktablar guruhi sifatida ariza topshirish tashkilot tarixida ilk bora kuzatildi.