Unda viloyatlar hokimligi vakillari, Yozuvchilar Uyushmasining taniqli ijodkorlari ishtirok etdi. Tadbirda  yangragan kuy qoʻshiq, maʼnaviy-maʼrifiy chiqishlar ishtirokchilar kayfiyatiga xushnudlik ulashdi. Ilk oʻquv soatini oʻquvchilar “Mustaqillik darslari” bilan boshladi.

Maʼlumot uchun: 2021-2022 oʻquv yili uchun Prezident maktablariga kirish imtihonlari saralash bosqichi joriy yilning 26-28-iyul kunlari, ikkinchi bosqich imtihonlari esa 21-22-avgust kunlari boʻlib oʻtdi. Prezident maktablarida tahsil olish uchun bu yil jami 103 mingdan ziyod talabgor ariza topshirgan, shundan 1632 nafari oʻqishga qabul qilindi.

Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 2021-2022 oʻquv yilida 5 va 6 sinflarga qabul boʻlib oʻtdi, toʻrttala maktabga har bir sinf kesimida 24 nafardan – jami 192 nafar oʻquvchi oʻqishga qabul qilindi. Yangi ochilgan 10 ta Prezident maktabiga esa 2021-2022 oʻquv yilida 5-10 sinflar kesimida 144 nafardan – jami 1440 nafar oʻquvchi qabul qilingan.

Prezident maktabiga oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar va ularning ota-onalari uchun mazkur 4 ta Prezident maktabida 27-sentyabr kuni tanishtiruv-maslahat kuni tashkil etilib, farzandlari erishgan muvafaqqiyat uchun ota-onalarga tashakkurnoma topshirildi va maktab hayoti hamda ustozlari bilan yaqindan tanishtirildi.