Prezident maktablariga imtihonlar qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi

    Ta'lim 5 Mart 2021 3227

    Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi 2021-yil iyul, 2-bosqichi avgust oyida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

    Shuningdek, prezident maktablariga kirish uchun qaysi fanlardan imtihon olinishi va imtihonlar tartibi ham bildirilgan.

    Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyundagi 526-son qarori bilan tasdiqlangan “Prezident maktablari to‘g‘risida Nizom”ning 5-bob 39-bandiga asosan Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi:

    1-bosqich matematika fanidan 30 ta topshiriqdan iborat test shaklida o‘tkaziladi. Belgilangan vazifani bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi;

    birinchi bosqich natijasiga ko‘ra qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 20 kishi hisobidan maksimal talabgorlar 2-bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi;

    2-bosqich — axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha 16 ta masala;

    mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan 24 ta masala;

    ingliz tilidan 55 ta test.

    2-bosqich kirish imtihonlari uchun jami 150 daqiqa vaqt ajratiladi.