Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

Talabgorning:

- tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;

- fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);

- ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;

- baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” baho (aʼlo) boʻlishi lozim.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

- 2023-2024-oʻquv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Fargʻona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.