Prezident qarori asosida 50 nafarga yaqin bemorda yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazildi

2026-yil 27-may soat 09:00 holatiga ko‘ra:

Prezidentimizning "Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori doirasida:

194 nafar bemor bola tibbiyot muassasalariga yotqizilib, ularning 40 nafarida yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi;

112 nafar onkologik, gemotologik va onkogematologik tashxis qo‘yilgan bemor tibbiyot muassasalariga joylashtirilib, ularning 5 nafarida murakkab jarrohlik operatsiyasi bajarildi;

14 nafar shaxs tibbiyot muassasalariga yotqizildi va ularning 2 nafarida jigar va buyrak transplantatsiyasi amalga oshirildi.